«Talaba kun tartibi» — Samarqand davlat pedagogika instituti (SamDPI) talabalari va o‘qituvchilari uchun ilova. Bu sahifada ilova qaysi ma’lumotlarni, nima uchun va qayerda ishlashi yozilgan.
Faqat telefoningizda qoladigan ma’lumotlar
- HEMIS login va paroli: to‘g‘ridan-to‘g‘ri institut HEMIS’iga (student.samdpi.uz) yuboriladi, parol hech qayerda saqlanmaydi. Sessiya tokeni telefonning himoyalangan xotirasida (Keychain / Keystore) turadi.
- HEMIS’dagi dars jadvali, baholar, davomat, imtihonlar, topshiriqlar va hujjatlar; vazifalaringiz, eslatmalar, vaqt bloklari va Pomodoro sessiyalari.
- Joylashuv: faqat bino xaritasidagi tugma bosilganda aniqlanadi va hech qayerga yuborilmaydi.
Ilova serverida saqlanadigan ma’lumotlar
- Talaba: F.I.Sh., talaba raqami va HEMIS ichki ID, guruh, fakultet, yo‘nalish, kurs, HEMIS’dagi rasm havolasi. Server profil va jadvalni HEMIS tokeningiz bilan bir marta o‘qiydi, tokenning o‘zini saqlamaydi.
- O‘qituvchi (HEMIS xodim kabineti orqali kiradi): F.I.Sh., xodim ID, rasm. Telefon raqami va e-mail so‘ralmaydi.
- Qaysi o‘qituvchi qaysi guruhda dars berishi va guruhlar jadvali — talaba faqat o‘z o‘qituvchisiga yoza olishi uchun.
- Chat: xabarlar, yuborilgan fayl va rasmlar, o‘qilganlik belgilari, bloklash va shikoyatlar.
- Serverning texnik jurnallari — 14 kundan ko‘p saqlanmaydi.
Nima uchun
Faqat ilova ishlashi uchun: o‘qish va jadval, o‘qituvchi bilan talabalar o‘rtasidagi chat, moderatsiya. Ma’lumotlar sotilmaydi, reklama uchun ishlatilmaydi va qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari uchinchi shaxslarga berilmaydi.
Qayerda
Server «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan.
Saqlash muddati va o‘chirish
Xabarlar muallif, moderator o‘chirmaguncha yoki hisob o‘chirilmaguncha saqlanadi. «Profil → Hisobni o‘chirish» hisobingizni, xabar va fayllaringizni hamda siz yaratgan guruhlarni o‘chiradi, telefondagi ma’lumotlar tozalanadi. support@optomax.uz manziliga yozish ham mumkin. Batafsil: hisobni o‘chirish.
Moderatsiya
Moderator faqat shikoyat qilingan xabarni va uning atrofidagi bir nechta xabarni ko‘radi — butun suhbatni emas.
Bolalar
Ilova oliy ta’lim muassasasi talabalari va o‘qituvchilari uchun, 13 yoshgacha bo‘lgan bolalarga mo‘ljallanmagan.